IJARA KAFOLATLI INVESTITSIYA MODELI
ashwell ko‘chmas mulkka kiritgan investitsiyangizning dastlabki 12 oy mobaynida kafolatlash uchun maxsus tizim taklif etadi: Ijara Kafolatli Investitsiya Modeli.
Ushbu model doirasida Tashwell sizga xonadon olganingizdan keyin 12 oy davomida har oyda belgilangan ijara haqi to‘laydi. Xonadonni ijaraga berishingiz yoki unda o‘zingiz yashashingizdan qat’i nazar, sizga hech qanday shartlarsiz xonadon qiymatining 1 foizi miqdorida ijara haqi to‘lanadi. Shu tarzda, siz xavfsiz daromad olasiz va investitsiyalaringizni eng boshidan qoplay boshlaysiz. Sizning sarmoyangiz darhol ishga tushadi va pul oqimi o‘sha zahoti boshlanadi.
TIZIM QANDAY ISHLAYDI?
SIZ XONADON TANLAYSIZ
SHARTNOMA TUZASIZ
BIZ 12 OY DAVOMIDA XONADONINGIZ UCHUN OYLIK IJARA HAQINI BANK HISOB RAQAMINGIZGA O‘TKAZAMIZ
IJARA TO‘LOVI UY BERILGANIDAN KEYIN 1 OY O‘TGACH BOSHLANADI
IJARA HAQI 1 OY UCHUN XONADON QIYMATINING 1 FOIZI MIQDORIDA HISOBLANADI
AFZALLIKLAR
- SHUNDAY QILIB, XONADON SIZGA TOPSHIRILGANDAN SO‘NG UNI TA’MIRLASH UCHUN 1 YIL MUDDATGA EGA BO‘LASIZ.
- AGAR XONADONINGIZNI ENG QISQA MUDDAT ICHIDA TA’MIRLAB, IJARAGA BERSANGIZ, TASHWELL’DAN 12 OY DAVOMIDA OLADIGAN IJARA TO‘LOVINGIZ BILAN BIRGA 1 XONADON UCHUN 2 IJARA HAQI OLISH IMONIGA EGA BO‘LASIZ.
- XOHLASANGIZ 1 OY ICHIDA XONADONINGIZNI TA’MIRLAB, UNDA O‘ZINGIZ YASHASHINGIZ MUMKIN. BU HOLDA TASHWELL’DAN 12 OY DAVOMIDA IJARA TO‘LOVINI OLASIZ. SHUNDAY QILIB, O‘ZINGIZ YASHAYDIGAN XONADONNI IJARAGA BERGANDAY IJARA DAROMADI AFZALLIGIGA HAM EGA BO‘LASIZ.
- XONADONINGIZNI TA’MIRLAMASANGIZ HAM, TASHWELL SIZGA 12 OY DAVOMIDA IJARA HAQINI TO‘LAYDI.
HAR QANDAY HOLATDA IJARA HAQINI TO‘LASH KAFOLATI 12 OY DAVOM ETADI.
XONADON TOPSHIRILIGANIDAN 1 OY O‘TGANIDAN SO‘NG 12 OY DAVOMIDA 12% QAYTARIB OLASIZ YOKI HAR OY BIR FOIZ MIQDORIDA IJARA TO‘LOVINI OLASIZ.
SSS (KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR)
Uyimdan o‘z ehtiyojlarim uchun foydalanmoqchi bo‘lsam, ijara haqini olamanmi?
Ha. Uyingizni o‘z ehtiyojingiz uchun ishlatasizmi, bo‘sh qoldirasizmi yoki boshqalarga ijaraga berasizmi, bundan qat’i nazar... Tashwell har qanday holatda ham sizga 12 oylik ijara haqini to‘laydi.
Kvartiramni uchinchi shaxsga ijaraga bersam nima bo‘ladi?
Siz o‘z qaroringizda erkinsiz. Agar xohlasangiz, kvartirangizni ijaraga berishingiz va ijara haqidan tashqari Tashwell’dan kafolatlangan ijara haqini olishingiz mumkin. Shunday qilib, siz ikki baravar daromad olishingiz mumkin.
Xonadon bo‘sh qolsa-yu, ijarachi topa olmasam-chi?
Muammo emas. Tashwell mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Kvartira bo‘sh qolsa ham, baribir ijara haqini olasiz. Ushbu model sizni ortiqcha tashvishlardan xalos qiladi va sarmoyangizdan daromad olishingizni kafolatlaydi.
Ijara to‘lovi qanday amalga oshiriladi?
U har oyda muntazam ravishda bank hisobingizga o‘tkazib boriladi. Ijara kafolatli investitsiya modeli shartnomasi bilan kafolatlanadi.
Ijara to‘lovlari qachon boshlanadi?
Ijara to‘lovlarini to‘lash uy topshirilganidan 1 oy o‘tgach boshlanadi. Topshirish jarayoni yakunlanganidan 1 oy o‘tgach, birinchi ijara to‘lovi hisobingizga o‘tkaziladi.
Koç Contruction Kafolati bilan..
TOSHKENTDAGI SALOMATLIKKA QARATILGAN BIRINCHI TURAR JOY LOYIHASI
Tashwell O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan birinchi ko‘chmas mulk loyihasi bo‘lib, o‘z rezidentlariga sog‘lom turmush tarzi maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Tashwellda taxminan 3 gektar maydonda 1000 m² sog‘lomlashtirish markazi, 22 900 m² landshaft bog‘i, yopiq suzish havzasi, sauna, hammom, dam olish maskanlari, bolalar o‘yin maydonchalari, yugurish va velosiped yo‘laklari, yopiq va ochiq sport maydonchalari mavjud. Tashwell investorlarga tabiat bilan uyg‘unlikda zamonaviy shahar hayotining muqobili bo‘lgan yuqori salohiyatli va istiqbolli loyihani taklif etadi.
Tashwellda siz o‘zingiz orzu qilgan mahalla iliqligi muhitini, yam-yashil landshaft, suzish havzalari, dam olish zonalari va o‘yin maydonchalari, shuningdek, ko‘plab ijtimoiy imkoniyatlar, markaziy joylashuv va kelajak qulayligini topasiz. 5 ta blok (A1, A2, B1, B2 va C) va Wellness markazidan iborat Tashwell majmuasida 1+0, 1+1, 2+1, 3+1 va 4+1 rejali 1440 ta xonadon sotuvga qo‘yilgan.
SOTUV OFISI
+998 78 777 24 24
Sh. Rustaveli Ko’chasi 100-uy, Yakkasaroy tumani, Toshkent
info@tashwell.uz

